Amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hududiy birlashma tizimiga kiruvchi tuman va shahar jamiyatlari tomonidan joriy yilning o‘tgan oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, Federatsiya va hududiy birlashma topshiriqlari ijrosini ta’minlanishi, hududlarda amaldagi qonunchilik targ‘iboti, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, amaldagi qonunchilik ijrosi ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o‘tkazish yakunlari iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalari va boshqa joriy hamda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, bu boradagi tegishli qarorlar qabul qilindi.
Отправить комментарий