Sotuvchi tomonidan iste’molchining qonuniy talabini bajarish ishlarini paysalga solish holatiga barham berildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Samarqand» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.E.ning 1 080 000 so‘mga xarid qilingan maishiy texnikaning sifatsiz chiqqanligi, nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarish to‘g‘risidagi sotuvchiga qo‘yilgan talab esa bajarilmayotganligi xususidagi murojaat o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida tovarni sotuvchiga qaytarishiga sabab qilib, naqd pulga sotib olgan blenderni ishga tushirganida ortiqcha shovqin bilan ishlagani, to‘xtatish tugmasini bosilganda maishiy texnika ishlashda davom etaverganini, shu kunni o‘zida sotuvchiga qaytarib olib borganini ko‘rsatib o‘tadi. Sotuvchi tomonidan tovar olib qolingan bo‘lsada, o‘tgan muddat davomida uni almashtirish yoki pulni iste’molchiga qaytarish choralari ko‘rilmagan.
O‘rganishda sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari, xususan iste’molchining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki ishni paysalga solinishi natijasida qonunda belgilangan muddatlarni o‘tkazib yuborilishi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilgach, nosoz maishiy texnika xuddi shu rusumdagi maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий