Farg‘ona shahridagi tibbiyot muassasalarida ham targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Farg‘ona shahridagi tibbiyot muassasalarida ham targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 9 va 10-oilaviy poliklinikalarda mazkur tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida “Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida” mavzusida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiralri o‘tkazildi.

Tadbirda yurtimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtiroki va tutgan o‘rni, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish istiqbollari, ushbu jarayonda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tutgan o‘rni va roli kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

O‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning yakunlariga ko‘ra tibbiyot muassasasi hamda Federatsiyaning shahar jamiyati o‘rtasida aholining iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish ishida yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий