Shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan mahsulot uchun to‘langan pul summasi iste’molchiga qaytarildi
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi S.E.ning xarid qilingan shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan mahsulot sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tumandagi «Doktor Ali salomatlik markazi» MChJda shifobaxsh o‘simliklardan ishlab chiqarilgan mahsulotni 990 000 so‘mga xarid qilgan. Lekin mahsulot unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shundan so‘ng ushbu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaatni o‘rganish davomida MChJ rahbariyati nomiga yuzaga kelgan holat yuzasidan xat kiritildi. MChJdan olingan javob xatida esa holat joyiga borib o‘rganilganligi, iste’molchi bilan suhbat jarayonida mahsulot qaytarib olinib, 990 000 so‘m puli qaytarib berilganligi ma’lum qilindi.
Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.
Отправить комментарий