«Nurli maskan»da targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

«Nurli maskan»da targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi «Nurli maskan» imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) bolalar uchun mo‘ljallangan 1-son maktab internati mehnat jamoasi ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik targ‘iboti tadbiri tashkillandi.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning shakllanishi, sohaga oid qonunlarda belgilab berilgan huquq va imkoniyatlardan foydalangan holda iste’molchilar ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivoj topishi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Federatsiyaning xalqaro aloqalari, shaxsning Federatsiya faoliyatida ishtirokining o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, barchani iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий