Jamoat salomatligi texnikumi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.
Tadbir doirasida dastlab mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning vujudga kelishi va takomillashtirilishi, iste’molchilik ijtimoiy harakati va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, texnikum xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir yakunida texnikumda Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilib, xodimlarning bu boradagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Baxtiyor Jo‘rayev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий