Qarzdorlikni asossiz ekanligi bo‘yicha iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar asosli bo‘lib chiqdi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.A.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan 1 706 656 so‘m qarzdorlikdan norozi bo‘lib, holatga oydinlik kiritib berilishi va muammoni qonuniy hal etilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida uning tomonidan ichimlik suvi iste’mol uchun amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilib chiqildi. Holat yuzasidan «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Farg‘ona tuman filialiga aloqa xati kiritildi. Korxonadan olingan javob xatida ma’lum qilinishicha, iste’molchida qarzdorlik iste’mol ko‘rsatkichlarini har oyning 5-sanasiga Billing bazasiga o‘z vaqtida kiritib borilmaganligi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, olib borilgan qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, iste’molchida qarzdorlik mavjud emas.
O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga yuzaga kelgan asossiz qarzdorlikni bartaraf etilganligi, ichimlik suvi ta’minoti korxonasi oldida qarzdorligi mavjud emasligi ma’lum qilindi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий