Jamoatchilik nazorati tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda

Jamoatchilik nazorati tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asosida aholiga xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli tibbiy buyumlar va dori vositalari bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston, Furqat va Oltiariq tumanlarida monitoring (kuzatuv, o‘rganish) ishlari olib borilmoqda.


O‘rganishlar doirasida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning iste’molchilarning asosiy huquqlariga oid normalarini bajarilishi, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga amal qilinishi kabi holatlar kuzatuvdan o‘tkazilmoqda va sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda.

Asosiy maqsadi respublika ichki bozorini qalbakilashtirilgan, sifatsiz (yaroqlilik muddati o‘tgan), davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlardan himoyalash va ularni sotilishini oldini olish, dori vositalarining ularga belgilangan chakana referent narxlardan yuqori narxlarda sotilishiga chek qo‘yish, aholining hayoti, sog‘ligi va sanitar-epidemiologik xotirjamligi uchun ularga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan mazkur o‘rganish ishlari viloyatning boshqa hududlarida tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda.

Отправить комментарий