Nuqsonli ekanligi da’vo qilingan blender maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Nuqsonli ekanligi da’vo qilingan blender maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tuman markazida istiqomat qiluvchi G‘.Z.ning kredit savdo do‘konidan xarid qilingan maishiy texnikani nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, murojaat egasining qizi T.K. tuman markazidagi «Universal kredit savdo» MChJga qarashli do‘kondan, shartnoma qiymatini 1 yil davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan, 1 dona Samsung rusumli telefon apparati hamda 1 dona blender xarid qilgan. Blenderdan foydalanishi jarayonida unda nuqson mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Muammoni o‘z kuchi bilan bartaraf eta olmaganidan so‘ng esa tuman jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Tuman jamiyati murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari asosida iste’molchining qonuniy talabini ijrosini ta’minlash yuzasidan so‘rov xati bilan murojaat qildi. Sotuvchi tomoni esa qonun talablari ijrosini ta’minlab, iste’molchi qo‘lidagi nuqsonli deb e’tirof etilgan blenderni xuddi shu rusumdagi maqbul sifatdagisiga almashtirib berdi.

Rauf Tuychiyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий