Ichimlik suvi iste’moli to‘lovlarida yuzaga kelgan tushunmovchilik bartaraf etildi

Ichimlik suvi iste’moli to‘lovlarida yuzaga kelgan tushunmovchilik bartaraf etildi

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Qozi Ahror» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi B.M.ning iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarda yuzaga kelgan tushunmovchilikni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman prokuraturasiga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.

Iste’molchi muojaatida xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblagich ko‘rsatgichi 1014 metr kubni ko‘rsatib turgani holda, u hisoblagichning 1028 metr kub ko‘rsatgichiga qadar to‘lovlarni amalga oshirib qo‘yganligi, ya’ni oldindan to‘lovdaligi, lekin ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan ushbu holatni e’tirof etilmayotganligi ma’lum qilinadi.

Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi, tushunmovchilik kelib chiqishiga esa uning tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarni korxona komp’yuter bazasiga o‘z vaqtida kiritilmaganligi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish doirasiad iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar asosida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilganda, uning 80 000 so‘m miqdorida oldindan to‘lovdaligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga bu haqda yozma ma’lumot taqdim etildi.

Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий