Sovutgichda yuzaga kelgan kelgan nuqson bepul bartaraf etib berildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Qo‘shtegirmon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.N.ning 5 100 000 so‘mga xarid qilingan sovutgich (xolodilnik)ni nuqsonli chiqqanligi va sotuvchi tomonidan undagi nuqsonlarni bartaraf etib berish choralari ko‘rilmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi Biryusa rusumli muzlatgichni Qo‘qon shahrida joylashgan savdo do‘konidan shu yilning sentyabr oyida xarid qilgan. Unda nuqson mavjudligi aniqlangach, yuzaga kelgan muammoni o‘z kuchi bilan hal qila olmagan. Shundan so‘ng amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan holatlarga aniqlik kiritib olingach, shu rusumdagi maishiy texnika buyumlariga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi markaz mutaxassisini jalb qilgan holda, sovutgichdagi nuqsonni amaldagi qonunchilik talablari asosida, kafolat muddati belgilangan tovarlarda kafolat muddat ichida yuzaga kelgan nuqsonlarni bepul bartaraf etib berilishi shartlarida texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, uni soz holatga keltirib berildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий