Muhim sana arfasida maktabgacha va maktab ta’limi mas’ullari bilan uchrashildi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkillanib, unda hududiy birlashma mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv doirasida mazkur tadbir 15-mart «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» arafasida bo‘lib o‘tayotganiga alohida urg‘u berib o‘tilib, ushbu xalqaro sananing vujudga kelishi tarixi, uning dunyo mamlakatlari iste’molchilari uchun ahamiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv doirasidagi asosiy fikr-mulohazalar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni keng joriy qilish va joylardagi ijrosini ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda tizim xodimlarining o‘rni va roli, ushbu jarayonda ikki tashkilot tashkilotlari o‘rtasida olib boriladigan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarining ahamiyati, iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash, ularni samarali hal qilish va natijadorligini oshirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan ishlar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati kabi masalalarni qamrab oldi.
Tadbirda so‘z olganlar barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirib o‘tdilar.
Отправить комментарий