Farg‘onadagi ta’lim muassasalarida «Men yosh iste’molchiman» insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Yozyovon va Toshloq tumanlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Men yosh iste’molchiman» 3-bosqichli respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur hududlardagi maktablarning 9-10 sinflarida ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borishga qaratilgan hamda 3-bosqichda, ya’ni tuman (shahar), viloyat va respublika bochqichlari tarzida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, hozirda tanlovning tuman bosqichlari Farg‘ona viloyatining yuqorida nomlari zikr etilgan hududlarida o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsa, qolgan hududlarda esa davom ettirilmoqda.
Yuqoridagi tumanlarda o‘tkazilgan tanlovlar natijalari insholarni baholovchi komissiya a’zolari tomonidan baholanganidan so‘ng e’lon qilinadi hamda har bir hududdan 3 nafardan g‘olib tanlab olinadi. G‘olib deb e’tirof etilgan insholar esa viloyat bosqichiga yo‘naltiriladi.
Отправить комментарий