Muammoni sudgacha bartaraf qilinishiga erishildi

Muammoni sudgacha bartaraf qilinishiga erishildi

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Yakkatut» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi O.A.ning tovarning shartnoma narxi qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida 12 787 500 so‘mga xarid qilingan elektroskuter nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarilgan bo‘lsada, shartnoma bo‘yicha oradan o‘tgan vaqt davomida plastik kartasidan yechib borilgan mablag‘lar unga qaytarib berilmayotganligi masalasida qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida Red motor 20/3 rusumli elektroskuter «Texnomart» savdo do‘konidan bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilinganligini, nuqsonlari sabab 2024 yilning fevral oyida savdo do‘koniga qaytarilganini, lekin plastik kartasidan yechilgan pul summalarini qaytarish masalasida sotuvchi bilan kelishuvga erisha olmaganligini bayon qilib, ushbu pul mablag‘larini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatda keltirilgan vajlar o‘rganilib, ular isbotini topgandan so‘ng, sotuvchi bosh ofisi joylashgan hudud bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Lekin sotuvchi tomoni ishni sudda ko‘rish kunida iste’molchi plastik kartasiga 2 891 845,5 so‘m pul mablag‘ini qaytarib, ishni sudgacha hal qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu bilan iste’molchining murojaatida ko‘tarilgan masalani uning foydasiga hal qilishga erishildi.

Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий