Tibbiyot hamda pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tibbiyot hamda pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinganining yigirma to‘qqiz yilligi arafasida sohaga daxldor idoralar tomonidan turli ko‘rinishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmalari hamkorligida Toshloq tumani hamda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Toshloq tumani

 

Ikki viloyat tashkiloti mutasaddilari dastlab Toshloq tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashdilar. E’tiborlisi mazkur tashkilotda uzoq yillardan buyon Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan yaqindan hamkorlikda ishlab keladi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga yuqorida nomi zikr etilgan qonunning qabul qilinishi tarixi, uning yurtimiz aholisi (iste’molchilar) uchun ahamiyati va jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida atroflicha ma’lumotlar berilib, Qo‘mita va Federatsiyaning hududiy tashkilotlari tomonidan uning ijrosini ta’minlash va aholining keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ibotini olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning bu boradagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglanib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.

Marg‘ilon shahri

Raqobat boshqarmasi hamda hududiy birlashma mas’ul xodimlari Marg‘ilon shahridagi 9-sonli musiqa maktabi pedagoglar jamoasi bilan ham uchrashdilar. Tadbir avvalida mazkur maktabda ham uzoq vaqtlardan buyon Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyati ko‘rsatishi va Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat olib borilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda iste’mochilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid qonunchiilkni yuzaga kelishi, taraqqiyoti va bugungi holati yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlardan hayotiy misollar keltirib o‘tilib, qonunchilikni yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, sohaga daxldor idoralarning yaqindan hamkorligi, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarida fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirib o‘tdilar.

Отправить комментарий