Aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamiyatning 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari ish rejasiga ko‘ra tumandagi bir qator korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlar Toshloq tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi va tuman Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazlari hodimlari ishtirokida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda tuman jamiyati mutaxassislarining yuqorida nomlari zikr eitlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni keng targ‘ib qilish orqali fuqaro (iste’molchilar)ning huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga, shuningdek huquqlari buzilgan holatlarda tegishli idoralarga murojaat etish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Shu bilan birga tadbir ishtirokchilariga iste’mol sohasiga oid qonunchilik yangiliklari, iste’molchilarning bu boradagi huquq va majburiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning mavjud muammolari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ham berib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий