Jamiyat aralashuvi bilan pensioner ayolning muammosi hal qilib berildi
Marg‘ilon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Turon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, pensioner L.Yu.ning uzoq muddat xorijda davolanib qaytgani va bir yil davomida to‘planib qolgan pensiyasini olishda muammoga duch kelayotganligi yuzasidan qilgan murojati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u 2023 yil oxirlarida sog‘ligini tiklash maqsadida Koreya Respublikasiga ketib 2025 yilning may oyida qaytib kelgan. U mamlakatdan tashqarida bo‘lgan davri, ya’ni 2024 yilning iyun oyidan to shu kunga qadar bo‘lgan, to‘tatib qo‘yilgan pensiyasini olish maqsadida Biznesni rivojlantirish bankning Marg‘ilon filialida virtual karta ochdirgan, lekin pensiya summasi amal qilish muddati o‘tgan eski kartasiga tushib qolgan.
Murojaat bankning mas’ul xodimi bilan birgalikda o‘rganilishi jarayonida yuzaga kelgan tushunmovchilik holatiga aniqlik kiritildi. Mijozga 2030 yilning iyunigacha bo‘lgan yangi plastik karta ochildi va fuqaroning bir yil davomida to‘planib qolgan 12 811 554.78 so‘m miqdoridagi pensiyasi ushbu kartaga tushirilib, harakatlanishda muammosi bo‘lgan fuqaroning bank kartasi uning xonadoniga olib borilib, qo‘liga topshirildi.
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий