Ikki oydan ortiq davom etgan o‘rganishlar davomida bank mijozi tomonidan olingan kredit bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklarga oydinlik kiritildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qumariq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.M.ning tijorat bankidan 2019 yilda olingan va dunyo bo‘ylab kuzatilgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq voqealar sabab keyinchalik tushunmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan 30 000 000 so‘m kredit bilan bog‘liq muammo yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Ushbu masalada joriy yil aprel oyi o‘rtalarida Xalq banki Toshloq filialiga kiritilgan so‘rov xatiga 16.05.2025 yil kunida olingan javobda M.M. mazkur filial mijozi emasligi, kredit bankning Farg‘ona bank xizmatlari markazidan rasmiylashtirilganligi, fuqaroning plastik kartasidan esa tegishli sud buyrug‘i asosida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2025 yil yanvar oyida dastlab 4 549 999 so‘m, keyin 3 237 543 so‘m, jami 7 787 452 so‘m pul mablag‘i yechib olinganligi bildirib o‘tilib, masalaga oydinlik kiritish uchun Xalq banki Farg‘ona shahar BXMga murojaat qilinishi ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng, fuqaro murojaatini o‘rganish ishlari qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qilishi sababli murojaatni o‘rganish muddatlari tegishli tartibda uzaytirilib, Xalq banki viloyat filiali amaliyot bo‘limiga so‘rov xati kiritildi. Uning asosida bank muassasasi tomonidan berilgan javob xatida joriy yilning 19 va 25-iyun kunlaridagi o‘tkazmalar bilan tuman MIBdan bank hisob raqamiga dastlab 14 000 000 so‘m, keyin esa 7 787 542,79 so‘m, jami bo‘lib 21 787 542,79 so‘m mablag‘ kelib tushgani, kelib tushgan mablag‘lar fuqaro qarzdorligini qoplash uchun yo‘naltirilganligi, javob xati berilgan kun holatiga fuqaroda qarzdorlik mavjudligi ma’lum qilindi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari jarayonida fuqaroga turli hisob raqamlarda turgan va o‘rganish ishlari davomida kredit beruvchi bank hisob raqamiga kelib tushishi ta’minlangan pul mablag‘lari, shuningdek bank kreditidan qolgan qarzdorlik summasini so‘ndirish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий