Eksklav hududga press-tur tashkillandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan media-tadbirlar rejasi asosida «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishda eksklav hududlar aholisi bilan ishlash» mavzusida press-tur tashkillandi.
O‘zbekistonning eksklav hududi bo‘lgan Shoximardon mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashkillangan media tadbirda hududiy birlashma, Raqobat boshqarmasi rahbar va mas’ul mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Press tur doirasida mahalla faollari bilan muloqot, hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, 64-oilaviy poliklinikada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek viloyat hokimining turizm, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov ishtirokida eksklav hududda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yo‘nalishda barpo etilayotgan infrastruktura ob’ektlari hamda biznes va aholi vakillaridan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimlari masalalarida muloqot o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillarining mazkur yo‘nalishdagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi va savollariga javoblar qaytarildi.
Отправить комментарий