Nuqsonli ekanligi da’vo qilingan mobil qurilma sotuvchiga qaytarildi
Uchko‘prik tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Tojik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi D.Ya.ning shartnoma qiymati 4 573 800 so‘m bo‘lgan mobil qurilmani muddatli to‘lov shartlarida xarid xarid qilinib foydalanish jarayonida sifatsiz chiqqanligi va uni sotuvchiga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 2025 yilning yanvar oyi boshlarida tumandagi «Texnomart» savdo do‘konlari tarmog‘idan Infinix HOT 50 Pro+ 8/256 Titanium Gray smartfonini shartnoma qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilgan. Smartfondan foydalanishida nosozliklar yuzaga kelganligi sababidan shartnomani bekor qilib, mobil qurilmani sotuvchiga qaytarish masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida holatga aniqlik kiritilib olingach, sotuvchiga iste’molchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilinishi masalasida talabnoma tarzidagi xat kiritildi. Talabnomani sotuvchi tomoni o‘rganib chiqib, iste’molchidan nuqsonli ekanligi da’vo qilingan mobil qurilmani qaytarib olish hamda uning plastik kartasiga o‘tgan davr ichida to‘lagan 1 905 750 so‘m pul mablag‘ini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sardorbek Mirzajonov,
jamiyat raisi.
Отправить комментарий