Oilaviy shifokorlik punkti xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qo‘shtepa tumanida Federatsiya markaziy apparatining hududlardagi davlat tibbiyot muassasalarida joriy yilning iyun-avgust oylari davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘i asosida hududdagi tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri tumandagi «Paxtakor» oilaviy shifokorlik punktida tashkillanib, tadbirga «Tibbiy xizmatlar iste’molchilarining huquqlari» mavzusi tanlab olindi. Unda muassasa tibbiyot xodimlariga amaldagi qonunchilik, unga ko‘ra iste’molchi huquqlari va xizmat ko‘rsatuvchi majburiyatlari, iste’molchiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuning bilan bir qatorda, kundalik turmush jarayonida tibbiyot xodimlarining o‘zlari ham iste’molchi hisoblanishlaridan kelib chiqqan holda, sohaga oid masalalarda huquqlari buzilgan holatlarda davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yuzasidan yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar ham berib o‘tilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Hakimjon Hayitov,
jamiyat mutaxassisi.
Отправить комментарий