Qo‘shtepa hamda Beshariq tumanlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Qo‘shtepa tumani
Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari 1-sonli politexnikumda bo‘lishib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar. Unda yosh iste’molchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish sohasida faoliyat olib borayotgan davlat va jamoat tashkilotlari, ular faoliyatining o‘ziga xos tomonlari, iste’mol sohasiga oid huquqlar buzilganda mazkur tashkilotlarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Beshariq tumani
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi tayanch guruhlari faollari ishtirokida tashkillangan tadbirda tayanch guruhlari faoliyatini tashkillashda, shuningdek a’zolar bilan ishlashda Federatsiya Ustavi va ichki me’yoriy hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash, yangi a’zolarni jalb qilish, a’zolarning iste’mol sohasiga oid murojaatlari bilan ishlash, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan muloqot tashkillandi. Tadbir doirasida ta’lim sohasi tashkilotlari hamda iste’molchilar jamoat birlashmasi o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ham bildirib o‘tildi.
Отправить комментарий