Quyosh panellaridagi nosozliklar bartaraf etib berildi

Quyosh panellaridagi nosozliklar bartaraf etib berildi

Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hayotimizning har jabhalariga keng kirib bormoqda. Quyosh, shamol, biomassa va geotermal energiya kabi toza manbalar nafaqat ekologik muvozanatni saqlashga, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ham xizmat qilmoqda. Toza manbalar hisobidan energiya olishning mamlakatimiz aholisi orasida kengroq tarqalgan turi quyosh panellaridan foydalanish bo‘lib, Federatsiya tizim tashkilotlariga aholiga realizasiya qilinayotgan uskunalarda kuzatilayotgan ayrim nosozliklar hamda ushbu nosozliklarni sotuvchi (ijrochi) tomonidan bartaraf qilib berilishi ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi holatlari yuzasidan murojaatlar ham bo‘lib turibdi.

Bunday murojaatlardan biri Qo‘shtepa tumanida yashovchi O‘.X.dan kelib tushgan bo‘lib, unda iste’molchi «Qoraqushchi tomorqa xizmati» MChJdan 10 000 000 so‘mga xarid qilinib, ishga tushirilgan 1 kV quvvatli gibrid quyosh paneli 5 oy ishlagach unda turli nosozliklar kuzatilgani, shundan so‘ng o‘tgan muddat ichida ta’minotchiga bu borada qilingan murojaatlar bilan 3-4 marotaba nosozliklar bartaraf etib berilgani, lekin so‘nggi marotaba kuzatilgan nosozlik bo‘yicha ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ishlari mas’ul xodim tomonidan erta, indin degan vajlar bilan cho‘zib yuborilganligidan noroziligini bildirgan.

Federatsiyaning Qo‘shtepa tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganilishi davomida tashkilot mas’ullari bilan yuzaga kelgan muammo va uni hal etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ishlar to‘laqonli hal etilmagan taqdirda sudga da’vo arizasi kiritilishi choralari ko‘rildi. Oqibatda iste’molchi xonadoniga o‘rnatilgan quyosh panellarida ta’mirlash ishlari o‘ktazilib, undagi nosoz qismlar yangisiga almashtirildi.

Zafarbek Mavlonov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий