So‘rovnoma: suyultirilgan gaz va ko‘mir ta’minotida qanday muammolar bor?

So‘rovnoma: suyultirilgan gaz va ko‘mir ta’minotida qanday muammolar bor?

Hududiy birlashma tomonidan Raqobat boshqarmasi so‘rovi asosida ko‘mir va suyultirilgan gaz mahsulotlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish holatlarini hamda belgilangan narxlarga rioya etilishi va ushbu mahsulotlarni olish jarayonidagi muammolarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma asosida iste’molchilar fikri o‘rganildi.

So‘rovnomada 444 nafar iste’molchilar (aholi vakillari) ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz bo‘yicha

Respondentlarning 9,2 foizi suyultirilgan gazni o‘z vaqtida belgilangan me’yorda olmayotganligini, 39,6 %i suyultirilgan gaz belgilanganiga nisbatan qimmat narxlarda sotilishi holatlari mavjudligini qayd qilgan bo‘lsa, ularning 13,2 %i yetkazib berilayotgan gaz ehtiyojlarini to‘liq qondirmayotganligini bildirgan.

Shuningdek respondentlar 74,6 % holatda gaz priborlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘lov, 31,2 % holatda gaz ballonlarini o‘rnatib berganligi uchun to‘lov, 37,1 % holatda gaz balonlarini yetkazib berilganligi uchun to‘lov kabi qo‘shimcha ravishdagi to‘lovlar undirilayotganligini ham ma’lum qilganlar.

Respondentlarning 19,1 %ini suyultirilgan gazni yetkazib berishning amaldagi tartibi qanoatlantirmaydi.

Ko‘mir ta’minoti bo‘yicha

Respondentlardan 58,3 % i ko‘mir yetkazib berish tartiblari bilan yaxshi tanish emasligini, shuningdek ularning 16,9 % i ko‘mir olish uchun kimga murojaat qilinishini bilmasligini ma’lum qilgan. 31,9 % respondent ko‘mirni o‘z vaqtida belgilangan me’yorda olmayotganligini belgilagan bo‘lsa, 11,3 %i ushbu yoqilg‘ini belgilanganiga nisbatan qimmat narxlarda sotililishi holatlari mavjudligini ma’lum qilgan. Respondentlardan 30,4 %i fikriga ko‘ra ajratilayotgan ko‘mir ularning ehtiyojlarini to‘liq qondirmayapti.

So‘rovnomada 40 % respondentlar ko‘mirni tashib keltirilganligi uchun, 2,4 %i esa yuqori tashkilot tomonidan belgilangan ustama uchun to‘lov kabi qo‘shimcha to‘lovlar olish holatlari mavjudligini ma’lum qilgan.

Shuningdek ayrim respondentlar yetkazib berilayotgan ko‘mirning sifatsizligi, suyultirilgan gazni yetkazib berishda grafikdan kechikish holatlari, ishlatish kunlariga nisbatan olinganda yoz kunlaridagiga qaraganda kamroq kunga yetishi kabi masalalarda qo‘shimcha fikrlarini ham bildirib o‘tganlar.

Отправить комментарий