Toshloq, Dang‘ara va Qo‘shtepa tumanlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan o‘z hududlaridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarida yuzma-yuz shakldagi muloqotlar tarzidagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Toshloq, Dang‘ara va Qo‘shtepa tuman jamiyatlari tashabbuslari bilan tashkillangan tadbirlar shular jumlasidandir.
Toshloq tumani
Tuman jamiyati 34 va 35-umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida, «Men — yosh iste’molchiman» mavzusida, o‘quvchi yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazdi. Tadbirlarda o‘quvchilarga iste’molchi sifatidagi asosiy huquqlari, tovarlarni xarid qilishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar, bu borada huquqlari buzilgan taqdirda mustaqil amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan sa’y-harakatlar, shuningdek vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirshlar berib o‘tildi.
Dang‘ara tumani
Jamiyat mutaxassislari tuman Markaziy poliklinikasidagi tayanch guruh faollari bilan uchrashib, amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan iste’molchilik sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati, jumladan “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi, “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar.
Qo‘shtepa tumani
Hududdagi 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbir «Sifat va xavfsizlik — iste’molchining asosiy huquqlari» deb nomlandi. Unda amaldagi qonunchilik bilan belgilab berilgan iste’molchilarning asosiy huquqlari, xususan iste’molchining tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash huquqi va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi, xavfsiz bo‘lishi kabi normalari mazmun mohiyati. iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat ko‘rsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq belgilangan javobgarlik choralari kabi masalalarda tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganib chiqilishi natijalari yuzasidan atroflicha axborotlar ham berib borilib, ularning bu boradagi xabardorligi ta’minlanmoqda.



Отправить комментарий