Gaz plitasida aniqlangan nuqson sotuvchi tomonidan bepul bartaraf etib berildi
Farg‘ona shahrida yashovchi iste’molchi A.G. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, 4 000 000 so‘mga xarid qilgan gaz plitasida nuqson aniqlangani, savdo do‘koniga bu borada qilingan murojaati bilan kutilgan natijaga erisha olmayotganligi xususida ma’lum qilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.
Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan murojaatda keltirilgan vajlarga aniqlik kiritib olingach, tovar xarid qilingan «Idea» savdo do‘koni mas’ullari bilan amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchi huquqlari va sotuvchi majburiyatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uning yakunlari bilan iste’molchi tomonidan xarid qilingan «Ferre» rusumli gaz plitasiga servis xizmati ko‘rsatilib, aniqlangan nuqsonni bepul bartaraf etib berilishi choralari ko‘rildi.
Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий