Farg‘ona viloyatida tashqi yozuv va reklamalar o‘rganilmoqda

Farg‘ona viloyatida tashqi yozuv va reklamalar o‘rganilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tashqi yozuvlar, peshlavha va reklama materiallarining davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda.

Monitoring davomida viloyatning shahar va tumanlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida tashqi axborot vositalarida davlat tilidan foydalanish holati, reklama materiallarining mazmuni, iste’molchilar uchun muhim axborotlarning ochiqligi va tushunarliligi baholanmoqda.

Monitoring natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mutasaddi tashkilotlarga kiritiladi.

Отправить комментарий