Chiqindi uchun to‘layapmiz. Ammo xizmat qaerda?
Chiqindi belgilangan vaqtda olib ketilmayaptimi? Yoki xizmatdan foydalanganingizga qaramay, hisobingizda qarz paydo bo‘ldimi?
Bunday holatda iste’molchi nima qilishi kerak?
— shaxsiy hisobini tekshirish;
— xizmat haqiqatda ko‘rsatilganini aniqlash;
— to‘lov cheklarini saqlash;
— muammoni foto-video orqali hujjatlashtirish;
— zarur bo‘lsa, yozma ravishda qayta hisob-kitob talab qilish.
Eng muhimi, «qarzdorsiz» degan xabarni ko‘r-ko‘rona qabul qilmang. Avvalo qarz qaysi davr, qanday hisob-kitob va qanday xizmat asosida yuzaga kelganini tekshiring.
Xizmat ko‘rsatilsa — haqini albatta to‘lang.
Hisobda xato bo‘lsa — huquqingizni himoya qiling!
Ushbu yonalishda tayyorlangan videorolikda chiqindi to‘plash va olib ketish xizmatlarida iste’molchining huquq va majburiyatlari, shuningdek, qarzdorlik yuzaga kelganda amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta oddiy qadam haqida so‘z boradi.



Отправить комментарий