Qo‘shtepada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qo‘shtepada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman jamiyatining 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini olib borish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi vazifalar yuzasidan hisobot berildi.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylash masalasi ham o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimida jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirish, tayanch guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish va aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Отправить комментарий