Gruziyalik hamkor Farğona vodiysining boy madaniy merosi va agrar salohiyati bilan tanişdi

Gruziyalik hamkor Farğona vodiysining boy madaniy merosi va agrar salohiyati bilan tanişdi

Gruziya iste’molçilar federasiyasi raisi Madona Koidze amaliy taşrif bilan Farğona viloyatida bölib turibdi.

Taşrif doirasida bugun u Farğona viloyati iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari hududiy birlaşmasi mas’ullari hamrohligida viloyatning Rişton va Oltiariq tumanlarida bölib, hududning öziga xos madaniy merosi, hunarmandçilik an’analari hamda agrar sohadagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.

Dastlab, mehmon dunyoga maşhur Rişton kulolçilik maktabi bilan tanişdi. Bu yerda milliy kulolçilik san’atining öziga xos xususiyatlari, avloddan-avlodga ötib kelayotgan hunarmandçilik an’analari, sopol buyumlarni tayyorlaş va ularga naqş beriş jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Madona Koidze Rişton ustalarining mahorati, milliy naqşlar va an’anaviy kulolçilik mahsulotlariga alohida qiziqiş bildirdi.

Şundan söng taşrif Oltiariq tumanida davom etdi. Mehmon uzumçilik bilan şuğullanuvçi dehqonlar bilan uçraşib, hududda uzum yetiştiriş tajribasi, uzum navlari, parvarişlaş usullari va yetiştirilgan mahsulotlarni qayta işlaş hamda realizasiya qiliş jarayonlari bilan tanişdi.

Şuningdek, Madona Koidze «Wine Garden» vino zavodiga taşrif buyurib, korxonadagi işlab çiqariş jarayonlari, uzumni qayta işlaş texnologiyalari va tayyor mahsulot işlab çiqariş bosqiçlari bilan tanişdi.

Mazkur taşrif nafaqat ikki mamlakat iste’molçilar taşkilotlari örtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, balki Farğona viloyatining boy madaniy merosi, milliy hunarmandçiligi va iqtisodiy salohiyatini xalqaro miqyosda kengroq tarğib etiş nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir.

Zero, bunday amaliy uçraşuv va safarlar xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va kelgusidagi hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.

Отправить комментарий