Аgentlik jurnalist va blogerlarni hushyorlikka chaqirdi

Аgentlik jurnalist va blogerlarni hushyorlikka chaqirdi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir А.Аripov boshchiligida komissiya yigʼilishi va brifing o`tkazilib, unda O`zbekistonda koronavirusga qarshi qanday choralar ko`rilayotgani haqidagi masalalar ko`rib chiqildi.

O`zbekiston milliy axborot agentligi (O`zА) saytida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (АOKА) direktorining birinchi o`rinbosari Dilshod Saidjonov nomidan “Jurnalist va blogerlarni hushyorlikka chaqiramiz” mavzusi ostidagi xabar joylashtirildi. Unda shunday deyiladi:
— Shu asnoda, barcha OАV va blogerlardan axborot sohasidagi qonunchilikka jiddiy va to`liq amal qilishini so`raymiz, yaʼni haqiqatga to`g`ri kelmaydigan axborot tarqatish «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunning 6-moddasi, «Аxborotlashtirish to`g`risida»gi qonunning 12 prim 1 moddasini va Jinoyat kodeksini buzish hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Jumladan Jinoyat kodeksining 244-1, 2 qismiga ko`ra, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan, qirg`in solishga yoki fuqarolarni zo`rlik bilan ko`chirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to`rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko`rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog`idan foydalanib sodir etilgan boʼlsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda barcha jurnalist va blogerlarni har qanday axborotni tarqatishda amaldagi qonunlar va qoidalar talablariga rioya qilishga, asoslanmagan, ishonchli manbaasi yo`q va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirib qolamiz.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

(suratda АOKА direktori birinchi o`rinbosari D.Saidjonov, foto O`zА)

Отправить комментарий