Shartnoma shartlari tomonlar uchun majburiydir

Shartnoma shartlari tomonlar uchun majburiydir

Farg`ona tumani Аvval qishlog`ida yashovchi M.N.ning Federatsiyani 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatida Farg`ona shahridagi qurilish mollari bozori hududidan sotib olingan mahsulotning ortiqchasi sotuvchiga qaytarilganligini, lekin pulini ololmayotganligi masasasi ko`tarilgan edi.
Isteʼmolchi murojaatini o`rganish jarayonida, isteʼmolchi Farg`ona shahridagi qurilish mollari bozori hududida savdo faoliyati olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkor B.А.dan 7 xil turdagi suyuq oboy (jidkiy oboy)ni xonadonidagi qurilish ishlariga ishlatish uchun sotib olganligi, oldi-sotdi jarayonida esa isteʼmolchi ortganini esa qaytarib olib kelib berish, sotuvchi qabul qilib olishga og`zaki ravishda kelishuv qilganliklari, isteʼmolchi kelishuvga ko`ra xonadonidagi taʼmirlash ishlarini nihoyasiga yetkazish jarayonida ortib qolgan jami 440 ming so`mlik suyuq oboyni qaytarib olib kelib berganligi, sotuvchi qabul qilib olganligini, lekin pulni qaytarmay kelayotganligi maʼlum bo`ldi.
Tuman jamiyati xodimlari yuqoridagi masalada sotuvchi bilan bog`lanib, unga qonun va shartnoma talablari yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so`ng, soutvchi isteʼmolchiga 200 ming so`m pulni qaytardi. Mamlakat bo`ylab karantin tadbirlari eʼlon qilinganligi natijasida faoliyat ko`rsatmayotganligi sababli qolgan 240 ming so`m pulni esa faoliyatini boshlashi bilan qaytarishi bo`yicha tushuntirish xati yozib maʼlum qildi. Ushbu holat isteʼmolchiga tushuntirilib, yuzaga kelgan holatning yechimi bo`yicha sotuvchining taklifi unga maʼqul keldi.

Xiloldin Gʼofurov
Fargʼona tumani IHHQ jamiyati xodimi

Отправить комментарий