Tushuntirishlar kor qilib, muammo hal etildi

Tushuntirishlar kor qilib, muammo hal etildi

Farg`ona shahrida istiqomat qiluvchi N. Mirzaraximova Marg`ilon shahrida joylashgan Samsung Galaxy savdo do`koni sotuvchilari bilan kelishgan holda o`zining А-50 rusumli telefonini ularga topshirib, oradagi farqni to`lash yo`li bilan 2400000 (ikki million to`rt yuz ming) so`mga А-51 rusumli telefon sotib olgan. Biroq uyali telefon apparatini 3 kun davomida ishlatish jarayonida unda nuqson borligini aniqlagan. Mazkur nuqson haqida do`kon sotuvchilariga murojaat qilganida esa, ulardan “Taʼmirlatib oling”, — degan javobni eshitgan. Ushbu holatdan norozi bo`lgan fuqaro muammoli holatni yechimini topilishida amaliy yordam so`rab, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat tegishliligi bo`yicha Marg`ilon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqilishi jarayonida maʼlum bo`lishicha, isteʼmolchi uyali telefon apparatini xarid qilganda so`ng bir-ikki kun o`tgach uning ovoz kuchaytirgichi ishlamayotganligi masalasida do`kon sotuvchilariga o`z eʼtirozlarini bilan murojaat qilgan. Do`kon sotuvchisi M. Mo`sajonovning o`rganish ishlari jarayoniga tushuntirish berishicha, nuqson arzimas nosozlik ekanligi, agar servis xizmatiga murojaat qilinsa, nuqsonni bepul bartaraf etib berishlari mumkinligini yoki telefon apparatini qoldirib ketsa, servis markazida taʼmirlatib berish ishlarini ular ham amalga oshirishlari mumkinligini aytgan. Lekin isteʼmolchi telefonni almashtirish talabini qo`yib, telefonni servis xizmatida sozlatishga rozi bo`lmagan.

O`rganish jarayonida sotuvchilarga mazkur holatda amaldagi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunga asosan isteʼmolchining huquqlari, sotuvchilarning majburiyatlari yuzasidan tushuntirish berildi. Sotuvchilar yuzaga kelgan muammoli holatni bartaraf qilish uchun telefonni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berish taklifini berdilar. Isteʼmolchi ushbu taklifga rozi bo`ldi. Muammo hal etilib, isteʼmolchi huquqi tiklandi.

Аzamxon Maxammadiev

Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий