Tibbiyot muassasasi faoliyati uchun zaruriy yordam ko`rsatildi
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining 2021 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalari asosida joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, aholining iste’molchilik bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik sohasiga oid muamolarini o‘rganish, shuningdek tizim tashkilotlari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholvi vakillarining xabardorligini ta’minlashdan iboratdir. O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida aholi vakillaridan kelib tushayotgan murojaatlarni esa tegishli tartibda hal qilib borilmoqda.
Shu nuqtai nazardan Quva tumani Tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida birlashmaning Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari bo‘limning bemorlar uchun qo‘shimcha aravachaga ehtiyoji borligini, shu masalani hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandilar. Mutaxassislaring aytishicha, bo‘limga bir kunda o‘rtacha 200-250 nafar fuqaro o‘z sog‘liklari bo‘yicha turli darajadagi shikoyat va arzlari bilan kelib ketar ekan. Bemorning holatiga qarab uni ko‘pincha aravachada olib yurishga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Quva tuman jamiyati tomonidan ko‘tarilgan masalaning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda bo‘limga amaliy yordam ko‘rsatish taklifi bilan chiqildi hamda bugun Federatsiya mablag‘lari hisobidan sotib olingan tibbiy aravachani Tez tibbiy yordam bo‘limiga topshirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий