O‘rganishlar davomida aholining iste’molchilik huquqiy savodxonligi ham oshirilmoqda
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan aholiga suyultirilgan uglevodorod gazni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish ishlarini olib borish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, ushbu mahallalarda yashovchi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda.
Muloqotlar chog‘ida iste’molchilardan mas’ul tashkilotning hududni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash borasidagi majburiyatlarini qay darajada uddalayotganligi, bu boradagi shartnoma shartlariga amal qilinishi holatlari, yuzaga kelayotgan muammolar ham so‘rab surishtirilmoqda.
O‘rganishlar va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida iste’molchilarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan ham tushuntirishlar o‘tkazilmoqda.
Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий