Yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda

Hududiy birlashma tizimida joriy yilning 16 apreliga qadar «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» deb e’lon qilindi.

Oylik doirasida tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari mas’ullari tomonidan hududlaridagi Federatsiyaning boshlang‘ich tashkilotlari (tayanch guruhlari) tashkillangan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘linib, tayanch guruhlari faollari hamda Federatsiya a’zolari bilan yuzma-yuz muloqotlarni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bugun 60-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkillangan tayanch guruhida «Umumiy ovqatlanish sohasida iste’molchilarning huquqlari» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikda umumiy ovqatlanish faoliyatini tashkil etish borsida belgilangan tartib-qoidalar, ushbu jarayonda xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari va iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий