Sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va hamkorlik zarur
Tizim tashkilotlari tomonidan viloyatimiz tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yilning 29 dekabridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi doirasidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan bugun Obodonlashtirish boshqarmasida tashkillangan tadbir yuqoridagi maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Tadbirda Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati raisi N.Toshkanov oylikni o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berishi barobarida uning ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar qaytardi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, boshqarma va shahar jamiyati o‘rtasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy hamkorlik olib borilishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shermurod Oxunov
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий