Iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol bo‘lishga chaqirildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 37 va 38-maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va uning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlar tashkillandi.
Tadbirlar davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati va ularning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berish barobarida, ana shu qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarining ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarining tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbirlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etib borishga chaqirildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий