Jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi va «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari talablari asosida hududdagi davlat boshqaruvi idoralari va boshqa manfaatdor tashkilot hamda muassasalar bilan hamkorlikda turli jamoatchilik nazorati tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlarida o‘tkazilayotgan kuzatuv va o‘rganishlar shular jumlasidandir.
Yuqoridagi ish rejada beliglangan muddat va tartiblar asosida tuman jamiyati mas’ullari va hamkor tashkilotlar birgalikda tibbiyot sohasi muassasalarida aholi (iste’molchilar)ga yaratilgan sharoit va qulayliklar, sohada mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda bu boradagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida kuzatuv jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar o‘tkazmoqdalar.
O‘rganish natijalari yuzasidan jamlangan ma’lumotnomalar tuman hokimligi va tegishli idoralarga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий