Huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 21-sonli umumta’lim maktabida “O‘z huquqlaringizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Maktab o‘qituvchilari ishtirokidagi mazkur tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirshi borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Davra suhbati doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий