Uchko‘prikda tuman jamiyati umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Uchko‘prikda tuman jamiyati umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Uchko‘prik tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faollari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda jamiyat ijro etuvchi apparati mas’ullari, tayanch guruhlari rahbarlari va hududiy birlashma vakillari qatnashdilar.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra unda ikkita masala ko‘rib chiqildi. Birlamchi, tuman jamiyatining 2016-2020 yillar va 2021 yilning 9 oyi davomidagi faoliyati yuzasidan hisobot ma’ruza tinglandi. Savol-javob va muhokamalardan so‘ng, tuman jamiyatining hisobot davrida olib borgan faoliyati yakunlarini qoniqarli deb topish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishning ikkinchi yarmida viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ko‘rib chiqildi hamda munosib nomzodlar tanlanib, 5 nafar faolning tuman iste’molchilari nomidan viloyat konferensiyasida ishtirok etishlari uchun ishonch bildirildi.

Viloyat hududiy birlashmasi vakillari B.Soliev va M.Tuxtasinovlar ham tadbirda so‘z olib, hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish yo‘nalishida jonbozlik ko‘rsatayotgan faollarga o‘z minnatdorchiliklarini izxor qildilar.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий