Hududiy birlashma kengashining joriy yildagi dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi
Hududiy birlashma kengashining 2021 yil faoliyat yakunlari va joriy yil istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev ochdi va olib bordi.
Yig‘ilish doirasida Federatsiya kengashining 2022 yil 21 yanvardagi majlisi qarorlari, tizim tashkilotlari tomonidan 2021 yil davomida olib borilgan ishlar, tuman (shahar) jamiyatlarining joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalarini tasdiqlash, joriy yil davomida amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek hududiy birlashma ish faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra hududiy birlashma kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari
Отправить комментарий