Iste’molchilik sohasiga oid muloqotlar o‘tkazilmoqda

Iste’molchilik sohasiga oid muloqotlar o‘tkazilmoqda

Buvayda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari hududlaridagi tashkilot va korxonalarda tashkillangan tayanch guruhlari faollari bilan uchrashib, ular bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muloqot o‘tkazmoqdalar. Shunday muloqotlardan biri tumandagi 21-maktab xodimlari ishtirokida o‘tdi.

Tashkillangan tadbirda tuman jamiyati raisi Asrorjon Yigitaliev yurtimizning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakatini vujduga kelishi va bugungi kundagi faoliyati, xususan Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati xususida tadbir ishtirokchilariga axborotlar berib o‘tdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni iste’molchilik sohasiga oid savollariga javoblar qaytarilib, ularga bu borada tegishli huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Xuddi shunday tadbirlar tumandagi 8-MTT va «Kelajak erkatoylari» xususiy ta’lim tashkilotlarida ham o‘tkazildi.

Asrorjon Yigitaliyev
Buvayda tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий