Iste’mol madaniyatini oshirish sari

Iste’mol madaniyatini oshirish sari

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining joriy yil uchun asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasining tegishli bo‘lim va bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinayotir. Ana shunday tadbirlar tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 3, 15, 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv seminari tarzida tashkillandi.

“Iste’mol madaniyati sari” mavzusidagi o‘quv seminarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining mazkur tashkilotlarda tashkillangan tayanch guruhi a’zolariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli haqida gapirilib, aholining huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek tuman jamiyati raisi Ulug‘bek Mirzaumarov Federatsiya va uning hududiy tizimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar hususida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi. O‘z o‘rnida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslaxatlar berildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий