To‘lovlar iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga kelib tushmaganligi ma’lum bo‘ldi
Rishton tumanilik N.Mamatqulovning “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Rishton tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati o‘rganildi. O‘rganish natijalari iste’molchining norozi bo‘lishiga jiddiy asoslar borligini ko‘rsatdi.
Xususan, o‘rganish ishlarining dastlabki bosqichidayoq, ya’ni iste’molchining ichimlik suvi uchun amalga oshirgan to‘lovlarini suv ta’minoti idorasi mas’ul xodimlari A.Yusupov va D.Adjimbetovalar ishtirokida qayta hisob-kitob qilish jarayonida, fuqaroda iste’mol qilingan ichimlik suvi bo‘yicha qarzdorlik emas, aksincha 347000 (uch yuz qirq yetti ming) so‘m miqdorida haqdorlik mavjudligi kuzatildi.
Ushbu jarayonda qarzdorlikni kelib chiqish sabablari ham ayon bo‘ldi. Bunga iste’molchi tomonidan ichimlik suvi uchun amalga oshirilgan to‘lovlar yillar davomida uning shaxsiy hisob raqamiga kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.
O‘rganuv o‘tkazilgan kunni o‘zida, iste’molchi tomonidan oldin amalga oshirilgan to‘lovlar uning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilishi natijasida, iste’molchida qarzdorlik emas, haqdorlik mavjudligi, ya’ni fuqaro iste’molga nisbatan oldindan to‘lovdaligi qayd etilib, iste’molchining hisob daftariga ushbu holat to‘g‘risida yozuvlar kiritildi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий