Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ulug‘bek Mirzaumarov ishtirokida tuman jamiyati 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlar hamda joriy yilga mo‘ljallangan rejalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
U.Mirzaumarov tuman jamiyatining joylardagi tayanch guruhlari a’zolari e’tiboriga 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Jamiyat raisi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlar berish bilan birgalikda, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan mazkur harakatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan ham qisqacha tanishtirib o‘tdi.
Tadbirning ikkinchi yarmida faoliyat yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi va mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий