Nuqsonli tovar boshqa markadagi tovarga almashtirildi
Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan fuqaro O.Xusanovaning Federatsiyanning “1091” qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi. Iste’molchining bildirishicha, u o‘z extiyoji uchun Beshariq shahridagi savdo kompleksidan 3 291 200 (uch million ikki yuz to‘qson bir ming ikki yuz) so‘mga xarid qilgan “VOLMER VL-100 BS” rusumdagi kir yuvish mashinasida nuqson kelib chiqqan.
Tuman jamiyati mutaxassislari savdo kompleksi mutaxassislari ishtirokida ushbu murojaatni belgilangan tartibda o‘rganib chikishi jarayonida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar tasdig‘ini topdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, savdo kompleksi iste’molchiga nuqsonli tovarni aynan o‘sha rusumdagi tovarga almashtirib berish taklifini berdi. Lekin iste’molchi nuqsonli tovarni aynan o‘sha rusumdagi tovarga emas, balki boshqa rusumdagi tovarga, xususan “VOLMER VL-100 BS” rusumidagi kir yuvish mashinasini “Avangard 708 P” rusumidagi tovarga almashtirilishini so‘radi va o‘rtadagi farqni esa qayta hisob-kitob qilinishiga roziligini bildirdi. Savdo kompleksi mas’ullari tomonidan esa iste’molchining ushbu so‘rovi qanoatlantirildi.
O‘rganish doirasida murojaatchi hamda va savdo kompleksi masu’llariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi» qonuni targ‘iboti o‘tkazilib, tegishli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.
Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
(Illyustrativ foto)
Отправить комментарий