Tuman jamiyati mutasaddilari o‘rganish ishlarini o‘tkazmoqdalar

Tuman jamiyati mutasaddilari o‘rganish ishlarini o‘tkazmoqdalar

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari” bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlashda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga yordam ko‘rsatish, bu borada tegishli takliflarni kiritish maqsadida Federatsiya topshirig‘i asosida Yozyovon tumanida ham o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

“Insof sari baraka – Muborak oyda narx-navoni oshirishga shoshilma!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganish ishlari joylarda oziq-ovqat, ayniqsa, un, shakar va o‘simlik yog‘ining narxini o‘rganish va barqarorligini ta’minlash, shuningdek, kirib kelgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini saqlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ko‘rilishi bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Yozyovon tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan tizimli asosda hududdagi bozorlar, savdo komplekslari va savdo ob’ektlarida kunlik monitoring kuzatuvlari o‘tkazib borilmoqda.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий