Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga ko‘ra, har kim bilim olish huquqiga ega bo‘lib, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Shundan kelib chiqqan holda davlat o‘zining qo‘lida mavjud resurslar va vositalarni ishga solgan holda, maktablar faoliyatini tashkil etib, o‘z zimmasidagi vazifalarni uddalash yo‘lida jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Agar bola sog‘lom bo‘lsa, o‘z tengqurlari qatori ta’lim muassalariga emin-erkin qatnash imkoniyatiga ega bo‘lsa yaxshi, lekin agar mazkur yoshdagi bolada jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lsachi, u sog‘lom bolalar kabi maktabga qatnay olmasdan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lsa, uyda qolgan bo‘lsachi? Albatta, mamlakatimizda bunday bolalarni ta’limdan uzilib qolmasliklarini qonuniy asoslari ishlab chiqilib, chora-tadbirlari ko‘rilgan va bu borada tegishli sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda ham. Federatsiya tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlarning maqsadi ana shunday toifadagi bolajonlarga berilayotgan umumiy ta’lim, ularga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishdan iboratdir.

Beshariq tumanida ham bunday bolalarni tarbiyalayotgan oilalar mavjud. Tuman jamiyati mutasaddilari o‘rganishlar doirasida hududdagi 3, 7, 9, 12, 18-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lishar ekan, ushbu maktablar qaramog‘idagi shu kabi bolajonlarimizning taqdiri bilan qiziqdilar. Ta’lim tizimi mutasaddilari tomonidan alohida olishga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni hisobini yuritilishi, ularga o‘qituvchi ustozlarni tayinlanganligi, darslarni belgilangan jadval asosida olib borilayotgani kabi tashkiliy masalalarni o‘rganish barobarida, ularning uyda yakka tartibda ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdilar.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий