Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi

Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi

Bugun Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari ijro apparatlari rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala Federatsiya tizimida joriy yilning 10 may kunidan 10 iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni tartibli va samarali o‘tkazilishini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlandi.

Oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Federatsiya faoliyatini, Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda loyihalarni keng targ‘ib qilish, a’zolarning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqlarini tiklash amaliyotini fuqarolarga tushuntirish hamda mavjud a’zolarning Federatsiyaga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek uning saflariga yangi a’zolarni jalb qilishga qaratilgan. Oylik doirasida Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashish, ularning ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va b.) o‘tkazish, a’zolarning iste’molchilik sohasiga oid muammolarini tizimli o‘rganish kabi tadbirlar belgilangan.

Kengaytirilgan yig‘ilishda «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi»ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar reajsi loyihasi muhokamasi o‘tkazildi, shuningdek, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyatiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий